"Arsenal" Edegorning o'rniga "Manchester Yunayted"dan Maynu transferini amalga oshirishi mumkin

Administrator
3 dek 2025, 00:35
"To'pchilar" asosiy futbolchisi uchun zaxira variantini o'ylab ko'rishmoqda.

"Arsenal" qishda xavbek Martin Edegorga o'rinbosar sifatida "Manchester Yunayted" yarimhimoyachisi Kobbi Maynni o'z safiga qo'shib olishi mumkin. Bu haqda ESPN’ga tayanib, TeamTalk xabar berdi. Manbaga ko'ra, 20 yoshli futbolchi joriy mavsumda jarohatlar tufayli 66 kun maydonga tusha olmagan Edegor uchun sug'urta vazifasini bajarishi mumkin. Eng ehtimoliy variant - Maynuni qisqa muddatli ijaraga olish.

Joriy mavsumda "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi barcha musobaqalarda 10 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatma muallifi bo'ldi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, Maynuning bozor narxi 45 mln evroni tashkil etadi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: ESPN