"Arsenal" Edegorni xarid qilmoqchi

Alisher
30 iyul 2021
"Arsenal" "Real" yarim himoyachisi Martin Edegorni xarid qilmoqchi.

Ammo, London klubi bu transferni amalga oshirishi uchun 50 mln evrodan kam bo'lmagan mablag' to'lashiga to'g'ri keladi.

U o'tgan mavsumning ikkinchi qismini "kanonirlar" tarkibida o'tkazdi va barcha musobaqalarda 20ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 2ta assist qayd etdi.

"Real" Martin klubning muhim o'yinchisi bo'lishiga ishonchi komil, ammo 50 million evrolik taklif "qaymoqranglilar" tomonidan jiddiy ko'rib chiqiladi.


AlisherMuallif
Manba: ESPN