"Arsenal" chap qanot himoyachisi izlamoqda

Alisher
11 fev 2021, 18:47
"Arsenal" yozgi transferlar oynasida chap qanot himoyachisi xarid qilmoqchi.

Manbaning xabariga ko'ra, "kanonirlar" chap qanot himoyasida Kiran Tirniga o'rinbosar bo'ladigan o'yinchi qidirishmoqda.

"Arsenal" himoyachisi Sead Kolashinac o'tgan yilning dekabrida "Shalke"ga 2020/21 yilgi mavsumning so'nggiga qadar ijara asosida yo'l olgan edi.

Eslatib o'tamiz, "Arsenal" APLda 23 o'yindan so'ng 31 ochko jamg'argan holda jadvalning 11-o'rnida bormoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: football.london