"Arsenal" bugungi matbuot anjumanini ertaga ko'chirdi

Mirjalol Normatov
19 dek 2019, 20:59
Premer-liga doirasida "Everton"ga qarshi o'yin oldidan o'tkazilishi kerak bo'lgan matbuot anjumanini "Arsenal" payshanbadan juma kuniga qoldirdi.

"Sky Sports" xabariga ko'ra, ertaga matbuot anjumani bo'ladigan vaqtga qadar "kanonirlar" Mikel Artetani bosh murabbiy etib tayinlashga ulgurishi kerak. Shu boisdan jurnalistlar bilan Freddi Yungberg emas, aynan Mikel Arteta gaplashadi.

17-turdan keyin "Arsenal" turnir jadvalining 10-pog'onasini egallab turibdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports