“Arsenal” bosh murabbiyligiga jamoaning ikki nafar sobiq futbolchisi da'vogar

17 may 2018, 23:35
“Arsenal” va Fransiya terma jamoasi sobiq hujumchisi Terri Anri London klubi bosh murabbiylik lavozimini egallashi mumkin.

“Arsenal” rahbariyati keyngi hafta boshida Anri bilan muzokarani boshlaydi.

“Arsenal” bosh murabbiyligiga yana bir nomzod sifatida jamoaning boshqa bir sobiq futbochisi, ayni paytda “Manchester Siti” bosh murabbiyning yordamchisi Mikel Arteta ko'rilmoqda.

Anri 1999-2007 yillarda “Arsenal”da to'p tepgan. “Kanonirlar” safida u ikki marta Angliya chempionligi va mamlakat kubogini qo'lga kiritgan.

2015/16 yilgi mavsumda Anri “Arsenal”ning o'smirlar jamoasida murabbiy sifatida ishlagandi. Ammo keyinchalik Arsen Venger Anriga TV faoliyati (o'shanda Anri Sky Sports telekanalida ekspert sifatida ishlagan) yoki murabbiylikni tanlashi lozimligini aytganida u jamoa bilan xayrlashishga majbur bo'lgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports