"Arsenal" Belerin va Ivobiga yangi shartnoma taklif qiladi

Aslanov Jasurbek
10 okt 2016, 12:18
"Arsenal" rahbariyati jamoa himoyachisi Ektor Belerin va hujumchi Aleks Ivobiga yangi shartnoma taklif qilmoqchi.

London klubidagilar yosh futbolchilarning o'yinidan mamnun va ularni yo'qotib qo'yishdan qo'rqishmoqda. Oldinroq Beleringa "Barselona" da'vogarlik qilayotgani haqida xabarlar paydo bo'lgan edi.

Belerin va Ayuobi "Arsenal" bilan kelishuvni uzaytirishga rozi bo'lishsa kerak, chunki ular jamoada o'zini yaxshi his qilishmoqda. Ektorning klub bilan amaldagi bitimi 2019 yilgacha, Aleksniki esa 2020 yilgacha belgilangan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal