"Arsenal" "Barselona" xavbekiga qiziqmoqda

Alisher
21 sen 2021
"Barselona" yarim himoyachisi Riki Puch klubni tark etishi mumkin.

22 yoshli futbolchi uchun "Arsenal" davogarlik qilmoqda.

"Barselona" Puchga ishonch bildirmayapti va u bilan qishki transfer oynasida xayrlashishga tayyor, bundan esa "kanonirlar" foydalanmoqchi. Kataloniya klubi futbolchining transferidan kamida 20 million evro olmoqchi.

Eslatib o'tamiz, Puch "Barselona" tarbiyalanuvchisi. U joriy mavsum La Liga doirasidagi 1ta o'yinda maydonga tushib, 16 daqiqa harakat qildi. Xavbekning Kataloniya klubi bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.





AlisherMuallif
Manba: Fichajes