"Arsenal", "Barselona" va "Liverpul" "Leyptsig" yarim himoyachisiga da'vogar

Sherzod Nurmatov
28 noya 2025, 17:24
"Bild"ning xabar berishicha, "Arsenal", "Barselona" va "Liverpul" skautlari "Leyptsig" yarim himoyachisi Assan Uedraogoga e'tibor qaratgan.

Manbaning xabar berishicha, "Bavariya", "Borussiya" Dortmund, "Chelsi" va "Manchester Yunayted" 19 yoshli nemis futbolchisiga qiziqish bildirmoqda.

Yarim himoyachining transfer qiymati taxminan 100 million evroga baholanmoqda. Uning shartnomasi 2029 yil 30 iyungacha amal qiladi.

Uedraogo hozirda chap son mushaklaridan olgan jarohatidan tiklanmoqda. 2025/26 yilgi mavsumda u 12 o'yinda 3 ta to'p kiritdi va 4 ta golga assistentlik qildi.

Transfermarkt uni 10 million evroga baholamoqda.


O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Bild