"Arsenal" "Barselona" posbonini ijaraga olmoqchi

Mirjalol Normatov
14 yanv 2021
"Barselona" posboni Neto LaLigani APLga almashtirishi mumkin.

"Sky Sports" xabariga ko'ra, 31 yoshli posbonning xizmatlariga "Arsenal" tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda. "Kanonirlar" rahbariyati kiperni ushbu mavsum yakuniga qadar ijaraga olmoqchi.

Neto 2019 yilning yozida "Kamp Nou"ga ko'chib o'tgandi. "Ko'k-anorranglilar" uning transferi uchun 28 mln evrodan voz kechgandi.

U ushbu mavsumda LaLiganing 6 o'yinida 6 gol o'tkazib yubordi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports