"Arsenal" Barkolya uchun kurashga qo'shildi

Alisher Ostonov
11 yanv 2026, 12:45
Londonning "Arsenal" klubi Fransiyaning PSJ klubi bilan 23 yoshli hujumchi Bredli Barkolyaning transferi bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.

Barkolya Yevropada hujumkor futbolchilar orasida asosiy yosh iqtidorlardan biri hisoblanadi, ammo u PSJda etarlicha o'yin amaliyotiga ega emas. Shu bois hozirda vingerning yangi jamoaga o'tishi masalasi qizg'in muhokama qilinmoqda.

"Arsenal"dan tashqari, Barkolyaga da'vogarlar qatorida insayderlar "Liverpul"ni ham tilga olishmoqda. Bu mavsumda Barkolya Liga 1da 14 ta o'yin o'tkazib, 5 ta gol urgan.

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: Fichajes