"Arsenal" "Atletiko" futbolchisini 45 million funtga xarid qilishga tayyor

Alisher
26 iyun 2020, 11:09
"Arsenal" "Atletiko" xavbeki Tomas Parti bilan shartnoma imzolashga tayyor.

London klubi tez orada uning shartnomasida ko'rsatilgan tovon puli - 45 million funtni to'lagan holda o'z tarkibiga jalb qiladi.

27 yoshli Tomas Parti joriy mavsum La Liga doirasidagi 28ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.

Eslatib o'tamiz, ganalik futbolchi "Atletiko" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U asosiy jamoada 2015 yildan beri o'ynab keladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: footballghana.com