"Arsenal" Artetaning kelajagi borasida bir qarorga keldi

Sherzod Nurmatov
27 may 2023
London klubi keyingi qadamlar haqida qaror qabul qildi.

"Arsenal" bosh murabbiy Mikelm Artetaga maoshi ko'tariladigan yangi shartnoma taklif qildi. Bu haqda "Football Transfers" xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, "kanonirlar" mutaxassisga 2028 yilning iyunigacha mo'ljallangan yangi shartnoma taqdim etishgan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning iyunigacha mo'ljallangan.

"To'pchilar" Artetaning ishi va uning boshchiligidagi jamoaning muvaffaqiyatidan mamnun. Londonliklar ispaniyalik bilan uzoq muddatli hamkorlikdan manfaatdor. Rahbariyat futbolchilar va murabbiy bilan barcha shartnoma masalalarini mavsumoldi jarayonlargacha hal qilmoqchi.

Arteta "Arsenal"ni 2019 yilning dekabridan buyon boshqarib kelmoqda. "Kanonirlar" joriy mavsum uning qo'l ostida APL turnir jadvalida 2-o'rinni egallab, 7 yildan so'ng Chempionlar Ligasiga qaytdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Transfers