"Arsenal" - APLda 100 ta qizil kartochka olgan birinchi klub

Sherzod Nurmatov
1 yanv 2021, 20:04
Biroz oldin yakunlangan 21-tur doirasidagi "Arsenal" – "Manchester Siti" (1:2) to'qnashuvida Gabriel Magalyaes maydondan chetlatildi.

Braziliyalik himoyachi 59-daqiqada ikkinchi sariq kartochkani olib, maydonni tark etdi.

Bu orqali "Arsenal" Angliya Premer-ligasida 100 ta qizil kartochka olgan birinchi jamoaga aylandi. 

Shuningdek, Mikel Arteta qo'l ostida "kanonirlar" futbolchilari 11 marta maydondan chetlatilgani bosh og'riqli holat.

Eng ko'p qizil ishlagan jamoalar:
100 – "Arsenal"
99 – "Everton"

89 – "Nyukasl"

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: OptaJoe