"Arsenal" afsonasi "Kristal Pelas"ni boshqaradi

Sherzod Nurmatov
4 iyul 2021, 19:08
45 yoshli Patrik Vieyra APL jamoasida faoliyat yuritadi.

Fransiyalik mutaxassis bilan 3 yillik shartnoma tuzildi. Shu tariqa o'zaro kelishuv 2024 yilgacha amal qiladi, bu haqda klub matbuot xizmati ma'lum qildi.

Vieyra oldinroq "Manchester Siti" U-21 ustozi va asosiy jamoada bosh murabbiy assistenti bo'lib ishlagan. Uning murabbiylik faoliyatidagi oxirgi ikki klubi "Nyu-York Siti" va "Nicca" sanaladi. 

Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumda Roy Xojson boshchiligidagi "Kristal Pelas" chempionatda 44 ochko to'plab, 14-o'rinni olgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: cpfc.co.uk