"Arsenal" 120 mln funt kredit oldi

Alisher
8 yanv 2021
"Arsenal" Angliya Bankidan 120 million funt miqdorida kredit oldi.

Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

"To'pchilar" koronavirus pandemiyasi sabab kelib chiqqan moliyaviy zazarni qisman qoplash uchun qarz olishdi.

"Arsenal"ning krediti qisqa muddatli hisoblanadi. Londonliklar barcha pulni foizlari bilan may so'nggiga qadar qaytarishlari kerak.

Oldinroq, Sebalos ijara muddati tugaganidan keyin "Arsenal"da qolishni rejalashtirmayotgani ma'lum bo'lgan edi.


AlisherMuallif
Manba: arsenal.com