Arsen Venger: “Uilsher “Liverpul”ga qarshi o'yinda maydonga tushishi mumkin”

6 fev 2014, 17:31
“Arsenal” klubi bosh murabbiyi Arsen Venger premer-liganing 25-turi doirasida bo'lib o'tadigan “Liverpul”ga qarshi o'yin arafasida, jamoa tarkibi xususida to'xtalib o'tdi.

“Liverpul”ga qarshi maydonga tushadigan o'yinchilarimiz ro'yxati oldingisidan unchalik ham farq qilmaydi. Faqatgina Uilsher ushbu uchrashuvda maydonga tushishi mumkin xolos, boshqa o'zgarishlar bo'lmaydi. Arteta ham o'zini yaxshi his etayapti.

Bunday qiyin o'yin oldidan barcha o'yinchilarning safda bo'lishlari juda muhim. Maydonda iloji boricha yuqori darajadagi o'yinchilarni tushirish kerak”, - deydi Venger.

Eslatib o'tamiz, Uilsher oyog'idagi jarohatdan to'liq tuzalib ulgurgan.


Manba: sports.ru