Arsen Venger ofsaydning butunlay yangicha qoidasini taklif qilmoqda

Administrator
23 may 2024, 00:15
Sobiq murabbiy bu qoidalarni iloji boricha tezroq futbolga tadbiq qilishni istamoqda.

FIFAning futbolni rivojlantirish bo'limi rahbari bo'lib faoliyat olib borayotgan taniqli sobiq murabbiy Arsen Venger o'yindan tashqari holatni aniqlashning yangicha uslubini futbolga olib kirishni taklif qilmoqda. Vengerning g'oyasiga ko'ra, qachonki hujumchi butun tanasi bilan himoyachidan oldinlab ketgan taqdirdagina, o'yindan tashqari holat qayd etilishi kerak. 

The Times bergan ma'lumotga ko'ra, Venger futbol qoidalariga javob berishuvchi Xalqaro futbol assotsiatsiyalari kengashiga ushbu g'oyani taklif qilishni reja qilmoqda. Sobiq murabbiy Shvetsiya, Italiya va Niderlandiyada o'tkazilgan tekshiruvlar orqali bu g'oyani sinovdan o'tkazgan.

Arsen Venger ushbu o'zgarishni tezroq amalga oshirish kerak deb hisoblamoqda. Biroq, bu yangilikka hamma ham rozi emas. Masalan, UEFA futbol kengashi rahbari Luish Figu ushbu g'oyaga shubha bilan qaramoqda. Xalqaro futbol assotsiatsiyalari kengashi esa bu usulni dastlab VAR bor turnirlarda sinab ko'rish kerak deb hisoblaydi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: The Times