

"Bolaligimdan o'zimga yoqqan uslubla ishlashni o'ylardim. Bazida biroz o'ylanib qolaman va "Menda hammasi yaxshimi yoki yo'q?" degan savolni o'zimga beraman. Lekin, "Arsenal"da o'zim istagan uslubda ishlaydigan joyimdaman, deya his qilardim.
"Real"ga kelsak, u yerda juda ajoyib shart-sharoitlarga ega bo'lishim aniq edi. Ammo, jamoaga ko'p ham ta’sir o'tkaza olmasdim. Shuning uchun, "Arsenal" bilan sevgi tariximni davom ettirishga qaror qilgandim", – deydi Venger.
69 yoshli fransiyalik "kanonirlar"ni 1996-2018 yillarda boshqargan.



