
“Mana ko'ringlar, biz mart oyidan beri faqatgina bir marotaba mag'lubiyatga uchradik. Shu sababli “Aston Villa” qarshi kechgan o'yindagi mag'lubiyat (1:3) barchani hayratga soldi. Lekin bundan sal avval Chempionlar Ligasida “Bavariya”ni mag'lubiyatga uchratdik, undan ham oldin “Fenerbaxche”ni yuta oldik.
Muxlislar biz haqimizda yomon fikrdalar, lekin bu to'g'rimikin. Biz ancha yildan beri sovrinlarga ega bo'lolmayapmiz, bu esa o'z navbatida biz haqimizda yomon ma'lumotlar tarqalishiga sabab bo'ldi.
Lekin biz bu xabarlarga e'tibor qaratmay, o'z ishimizni davom ettirishimiz kerak. Biz odamlar aytgan so'zlarga e'tibor qaratmasligimiz kerak”, - Vengerning so'zlarini keltiradi “Arsenal”.