Arsen Venger: Men Real Madrid, Yuventus,PSJ kabi jamoalarga yo'q deganman

Alisher
16 may 2023, 08:49
Arsenal sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger murabbiylik faoliyati haqida gapirib berdi.

Men Real Madrid, Yuventus,PSJ kabi klublarga va bir qator kuchli terma jamoalarning takliflariga yo'q deganman. Men o'zim uchun to'g'ri deb bilgan qarorlarni qabul qilganman. Arsenalda ishlab yurgan kezlarim odamlar oldimga kelib rahmat aytib ketishar edi. Chunki ular klub juda qadrli ekanligini tushunishardi. 

Men esa klubim jahon darajasidagi ekanligini his qilardim. Men Arsenalda katta meros qoldirishim mumkinligini bilardim. Men mashg'ulotlar bazasi, katta akademiya, stadion qurilishini uchun qattiq kurashganman va bunga erishganman. Chunki mendan keyingi murabbiy uchun barcha sharoit bo'lishini istaganman,-deb fikr bildirgan Venger.

Eslatib o'tamiz, Venger 1996-2018 yillar oralig'ida Arsenal bosh murabbiyi bo'lgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.com