Arsen Venger: "Kuchli jamoa ustidan g'alabaga erishdik"
Narzulla Saydullayev
3 noya 2013, 10:28
"Arsenal" ustozi Arsen Venger "Liverpul"ga qarshi o'yindan (2:0) so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
"Kuchli jamoa ustidan ishonchli g'alabaga erishdik. Remsining ajoyib goli bizga yordam berdi, o'sha goldan so'ng biz o'zimizni erkinroq his qildik. O'ylashimcha, "Chelsi"dan 5 ochko oldindaligimiz - ajoyib", - deydi Venger VVS ga.