Arsen Venger: "Kubok finali kelajagimga hech qanday ta’sir ko'rsatmaydi"

Aziz Tukhtamuradov
17 may 2014, 19:32
"Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Venger Kubok finalidagi omadsizlik klubdagi kelasi faoliyatiga ta’sir o'tkazmasligini aytib o'tdi.
"Angliya Kubogi finalidagi natija mening jamoadagi kelajagimga hech qanday ta’sir ko'rsatmaydi. Men o'zimni 18 yildan beri klubning bir qismi deb hisoblayman va bitta o'yindagi natija orqali qaror qabul qilish kulguli bo'lardi", - deydi Venger.

"Arsenal" va "Xall" jamoalari o'rtasidagi kubok finali bugun Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sport-xl.org