Arsen Venger ketsa, "Arsenal"ni Leonardu Jardim boshqarishi mumkin
Tolibjon Qosimov
8 may 2017, 20:56
"Monako" bosh murabbiyi Leonardu Jardim "Arsenal" jamoasini boshqarishi mumkin.
Buni "TF1" tasdiqladi. Manbaning ma'lumotiga ko'ra, bunday holat londonliklarning ayni paytdagi ustozi Arsen Venger shartnomani uzaytirmagan taqdirda amalga oshishi mumkin. Eslatib o'tamiz, Vengerning shartnomasi kelayotgan yozda nihoyasiga etadi.