Arsen Venger: “Bavariya”dan menga qo'ng'iroq bo'ldi”

8 noya 2019, 23:33
“Arsenal”ning sobiq ustozi Arsen Venger “Bavariya” bilan muzokaralar olib borganligini tasdiqladi.

“Xennes va Rumennigening ketishidan so'ng   “Bavariya”da qiyin davr kechmoqda. Ha, “Bavariya” vakillari menga qo'ng'iroq qilib, jamoani boshqarishni taklif etishni va bir hafta ichida aniq to'xtamga kelishimni aytishdi”, deydi Venger.

Ilgariroq “Bavariya” rahbariyati mavsum oxiriga qadar Vengerga shartnoma taklif qilganligi haqidagi xabarlar chiqqandi. Keyinchalik esa myunxenliklar Venger xizmatidan voz kechganligi haqida ham ma'lumot berilgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: beIN Sports