Arne Slot: "Gvardiolaning qolishidan xursand bo'ldim"

Mirjalol Normatov
23 noya 2024
"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot "Manchester Siti"dagi hamkasbi Pep Gvardiolaning klub bilan shartnomani uzaytirishi borasida fikrlarini bildirdi.

Oldinroq Pep Gvardiolaning "shaharliklar" bilan shartnomasi yana 2 yilga uzaytirilganligi rasmiy tarzda ma'lum qilingandi.

"Bu xabar "Siti" va Liga uchun ham yaxshi. Chunki barcha muxlislar dunyoning eng yaxshi futbolchi va murabbiylari shu erda bo'lishini istashadi.

U ayni damda dunyoning eng yaxshi murabbiylaridan biri, balki, eng yaxshisidir.

U ketma-ket to'rt mavsumu chempion bo'ldi. Agarda u jamoadan kyetishni istasa ham shundoq tarkibni tashlab kyetishni xohlamasa kerak", - dedi Slot.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: BBC