Argentina U-20 terma jamoasi JCHda ishtirok etadigan tarkibini e'lon qildi

Khoja
4 may 2023, 08:27
Argentina U-20 terma jamoasi bosh murabbiyi Xaver Maskerano jahon chempionatida ishtirok etadigan 21 nafar futbolchi nomini e'lon qildi.

Mezbonlar ro'yxatida MYU futbolchisi Alexandro Garnacho,Brayton a'zosi Fakundo Buonanote va Real Madrid futbolchisi Niko Pas joy olmadi. Biroq tarkibda bir qator Yevropada o'ynaydigan futbolchilar joy olishdi.

Darvozabonlar: Federiko Gomes Gert ("Tigr"), Nikolas Klaa ("Lanus") va Lukas Lavanino ("River Pleyt").

Himoyachilar: Agustin Giay ("San-Lorenco"), Lautaro Di Lollo ("Boka Xuniors"), Valentin Barko ("Boka Xuniors"), Valentin Gomes ("Veles Sarsfild"), Tomas Aviles ("Rasing") va Roman Vega ("Barselona-ESP").

Yarim himoyachilar: Mateo Tanlongo ("Sporting", Portugaliya), Ignasio Miramon ("Ximnasiya-i-Esgrima La-Plata"), Federiko Redondo ("Arxentinos Xuniors"), Maksimo Perrone ("Manchester Siti", Angliya), Jino Infantino ("Rosario Sentral"), Valentin Karboni ("Inter", Italiya)

Hujumchilar: Matias Sule ("Yuventus", Italiya"), Luka Romero ("Lacio",Italiya), Alexo Veliz ("Rosario Sentral"), Brayan Agirre ("Nyuells Old Boyz"), Xuan Gauto ("Urakan") va Ignasio Maestro Puch ("Atletiko Tukuman").

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.asia