Argentina terma jamoasi xalqaro musobaqalardan chetlatilishi mumkin

Khoja
10 yanv 2024, 09:05
Argentina terma jamoasi mamlakat prezidenti Xaver Maylining taklifi tufayli xalqaro turnirlardan chetlatilishi mumkin, deb xabar bermoqda AS.

Manbaga ko'ra, Mayli Argentina prezidenti etib saylanishi bilanoq “Shoshilinch zarurat to'g'risida”gi farmonda qayd etilganidek, milliy klublar sport akciyadorlik jamiyatlariga aylanishi mumkinligini aytgan. Bu degani klub ishlariga bevosita davlat aralashishi mumkin.

Argentina sport konfederatsiyasi (SAPR) bu taklifga qarshi chiqdi, chunki Xalqaro olimpiya qo'mitasi va Xalqaro futbol federatsiyasi qoidalariga ko'ra, hukumatning sport muassasalari faoliyatiga aralashuvi uchun qattiq jazolar nazarda tutilgan. Aralashuv tufayli Argentina terma jamoasi Amerika kubogi va Parijdagi Olimpiada o'yinlaridan chetlatilishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com