Argentina terma jamoasi va Messi Rossiyada

Aziz Tukhtamuradov
10 iyun 2018
Jahon chempionatining yana bir ishtirokchisi, chempionlik uchun asosiy davogarlardan biri Argentina terma jamoasi Rossiyaga yetib keldi.

Argentina terma jamoasi delegaciyasi joy olgan samolyot Jukovskiydagi xalqaro aeroportga kelib qo'ndi. Terma jamoa Bronnicadagi bazada yashaydi va mashg'ulotlarini ham aynan shu yerdagi bolalar-o'smirlar sport maktabiga qarashli stadionda o'tkazadi. 

Ma'lumot uchun, Lionel Messi boshchiligidagi Argentina JCH-2018 guruh bosqichida Islandiya (16 iyun, Moskva), Xorvatiya (21 iyun, Nijniy Novgorod) va Nigeriya (26 iyun, Sankt-Peterburg) terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: