Argentina prezidenti: "Messi Maradonadan kuchliroq"

Tolibjon Qosimov
24 yanv 2018, 19:36
Argentina prezidenti Maurisio Makri kimni o'z mamlakatining tarixidagi eng zo'r o'yinchi deb hisoblashini aytib o'tdi.

"Men allaqachon Messi Maradonadan kuchliroq degan qarorga kelganman. Men Messining gollari soni va barqarorligini e'tiborga olayapman.

Bundan tashqari, futbol ham hayotdagi hamma narsalar singari rivojlanib bormoqda. Hozirgi kunda dunyoda eng zo'ri bo'lish oldingidan ko'ra qiyinroq. Hozir boshqa daraja va boshqacha o'yin", - dedi Makri.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: marca.com