Argentina - Nigeriya. Krasnodarda o'tadigan o'yinga 24 000 chipta sotildi

Aslanov Jasurbek
14 noya 2017, 01:04
Bugun, yani 14 noyabr kuni Rossiyaning Krasnodar shahrida Argentina va Nigeriya terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Ushbu o'yinga chiqarilgan chiptalardan 24 000 donasi sotib bo'lingan. “Krasnodar” stadioni o'z bag'riga 34 291 tomoshabinni sig'dira oladi. 

Ma'lumot uchun, Argentina terma jamoasi FIFA reytingida to'rtinchi, Nigeriya esa 41-o'rinni egallab turibdi. Har ikkala terma jamoa ham kelasi yili Rossiyada o'tadigan mundialda ishtirok etishadi. 

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif