Argentina murabbiyi: "Ikardi bilan sodir bo'layotgan voqealar bizni qoniqtirmaydi"

Tolibjon Qosimov
22 mar 2019, 20:16
Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Lionel Skaloni "Inter" forvardi Mauro Ikardining tarkibda yo'qligini tushuntirdi.

"Tarkibni e'lon qilishdan oldin Mauro bilan gaplashdim va unga nima uchun chaqirilmaganini tushuntirdim.

"Inter"da u bilan sodir bo'layotgan voqealar terma jamoani havotirga soladi. Amerika kubogigacha jarayonni kuzatamiz va uni chaqirish yoki chaqirmaslikni hal qilamiz.

Shubhasiz, hozir u bilan ro'y berayotgan voqealar bizni qoniqtirmaydi", - dedi Skaloni.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football-italia.net