

Shaxsan men Pep Gvardiola qo'l ostida yanada kuchaydim. Pozicion jihatdan o'z o'yinimni yaxshilab oldim. Gvardiola bizdan maydonning har bir hududida harakatlanishimizni so'raydi. Bu biz uchun juda foydali bo'lmoqda. Sababiki, pozicion o'yin maydondagi bo'sh hududlarni topishda va raqib uchun qanday xavf tug'dirish borasida bizga ancha qo'l kelmoqda. Gvardiolaning ish uslubi va uning g'oyalarini maydonda tadbiq etish juda qiziqarli. Uning o'yin falsafasidan chinakamiga zavq olaman.



