Arbeloa "Real"da Xabi Alonso davridagi mashg'ulotlar tizimini o'zgartirdi

Aslanov Jasurbek
24 yanv 2026
"Real Madrid"ning yangi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa Xabi Alonso davrida amal qilgan mashg'ulotlar tartibiga o'zgartirish kiritishga qaror qildi.

Bu haqda "Marca" nashri xabar bermoqda.

Endilikda "qirollik klubi" a'zolari Chempionlar Ligasining safar o'yinlaridan oldingi so'nggi mashg'ulotni raqib mamlakati hududida o'tkazishadi. Ushbu yangi tartib zudlik bilan amaliyotga tatbiq etiladi.

Seshanba kuni, 27 yanvar tongida madridliklar YCHL 8-turi doirasidagi "Benfika"ga qarshi bahs uchun Lissabonga uchib kyetishadi va kunning ikkinchi yarmida "Da Lush" stadionida chigal yozdi mashg'ulotlarini o'tkazishadi. Qayd etish joizki, sobiq murabbiy Xabi Alonso o'yinoldi mashg'ulotlarini Madridda o'tkazishni maqul ko'rar va raqib stadionidagi ishtirokni cheklar edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca