Arauxo yana safdan chiqdi

Sherzod Nurmatov
10 fev 2025, 19:56
"Barselona" markaziy himoyachisi Ronald Arauxo "Sevilya"ga qarshi kechgan Ispaniya chempionati 23-tur uchrashuvida jarohat oldi.

Urugvaylik raqibning qo'pol o'yini ortidan jabr chekdi va o'yinni davom ettira olmadi. Arauxo 23-daqiqada Pau Kubarsi bilan almashtirildi.

Eslatib o'tamiz, 25 yoshli Arauxo jarohati sabab mavsumning birinchi qismini to'liq o'tkazib yuborgan va yanvarning o'rtalarida maydonga qaytgandi.

Himoyachi joriy mavsum bor-yo'g'i 8 o'yinda maydonga tushib, 1 ta to'p kiritdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Barca Blaugranes