Arauxo - "Barselona" himoyasi yetakchisi

Omonjon To`xtamirzayev
30 may 2023, 17:48
Xabaringiz bor, "Barselona" bu mavsum La Ligada juda kam gol o'tkazib yuborgan

"Barselona" 37 turda 18 ta to'p o'tkazib yubordi. Shuning o'ziyoq maqtanishga arziydigan ko'rsatkich. Biroq yana bir qiziq jihati borki, agarda "ko'k-anorranglilar" safida Ronald Arauxo harakat qilarkan bu gollar yanada kamroq bo'lishi kafolatlangan.

Aniqroq aytadigan bo'lsak, "Barselona" Arauxo maydondaligida bor yo'g'i 5 ta gol o'tkazib yubordi. Shu o'rinda qayd etish lozim, Arauxo joriy mavsum La Liganing 22 (21 tasi asosiy tarkibda) o'yinida maydonga tushgan.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia