Arangis "Arsenal"da o'ynashni orzu qilmoqda

Narzulla Saydullayev
30 mar 2015
Chili va "Internasonal" klubi yarim himoyachisi Charles Aranges "Arsenal"ga o'tishni orzu qilmoqda.
"Kanonirlar" 25 yoshli futbolchini yozda sotib olishmoqchi. "Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Venger Aleksis Sanches Arangisni "Emireyts"ga o'tishiga ko'ndirishiga ishonmoqda.

Yakshanba kungi Chili va Braziliya o'rtasidagi o'yin aynan "Arsenal" stadionida bo'lib o'tdi. Uchrashuvdan so'ng Arangis mish-mishlarga izoh berdi.
 
"Bu haqda hech narsa bilmayman. Matbuotda o'qidim, lekin hech kim rasmiy taklif bilan chiqqani yo'q. "Arsenal"da ajoyib futbolchilar bor, agar u erga o'tsam orzuim ushalgan bo'lardi", - deydi Arangis Daily Mirror nashriga. 

Chili terma jamoasida 25ta o'yin o'tkazgan Arangis hozirga qadar Yevropa klublarida o'ynamagan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fapl.ru