

Uchrashuvda Afrika qitasi vakillari birinchi bo'lib gol urgandi. Ikkinchi bo'limda iordaniyaliklar ikki marta raqib darvozasini ishg'ol qilib, oldinga o'tib oldi. Biroq Abdulrazzoq Hamdallah bunga ko'nmadi va 87-daqiqada hisobni tenglashtirdi. Qo'shimcha bo'limlarda esa g'alaba golini urdi.
Shu tariqa Marokash 2025 yilgi Arab Kubogi sohibiga aylandi va o'z tarixida ikkinchi marta bu nomga sazovor bo'ldi.




