AQSHda hakamning videoyordamchisi tizimi sinab ko'rildi

Aslanov Jasurbek
13 avg 2016, 14:25
"Nyu-York Red Bull II" va "Orlando Siti B" jamoalari o'rtasida AQSHning uchinchi darajali ligasi uchrashuvida "hakamning videoyordamchisi" (Video Assistant Referee VAR) tizimi sinab ko'rildi.

O'yin davomida ikki vaziyatda videoyerdamchidan foydalandi. Birinchisi 35-daqiqada sodir bo'ldi va natijada hakam "Orlando Siti B" futbolchisiga qizil kartochka ko'rsatdi. Ikkinchi vaziyat 80-daqiqada ro'y berdi va "Orlando" o'yinchisi sariq kartochka bilan ogohlantirildi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Yahoo Sports