AQSH yozda "El Klasiko"ga mezbonlik qiladi

Sherzod Nurmatov
5 mar 2022, 21:28
OAV "Barselona" hamda "Real"ning yozgi mavsum oralig'ida o'zaro o'yin o'tkazish bo'yicha kelishuvga erishgani haqida xabar topdi.

Xabarlarga qaraganda, "El Klasiko" iyul oyida ikki jamoaning AQSHdagi turnesi paytida bo'lib o'tadi.

"Barsa" Amerika shaharlarida uchta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishni rejalashtirgan.

“Ko'k-anorranglilar” rahbariyati AQSHga tashrif davomida kamida 8 million evro ishlab olishni maqsad qilgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: La Vanguardia