APLning sentyabr oyidagi eng yaxshi murabbiyi aniqlandi

Alisher
11 okt 2019
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp Angliya chempionatining sentyabr oyidagi eng yaxshi murabbiyi deb topildi.

"Liverpul" sentyabr oyida "Nyukasl" (3:1), "Chelsi" (2:1) va "Sheffild Yunayted" (1:0) qarshi o'yinlarda g'alaba qozondi.

Nomzodlar orasida Kloppdan tashqari Frenk Lempard ("Chelsi"), Brendan Rojers ("Lester") va Eddi Xau ("Bornmut")lar bor edi.

APLning sentyabr oyidagi eng yaxshi murabbiyi bo'lish uchun nomzodlar e'lon qilindi



APLning sentyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/premierleague