APLning ikki klubi "Bude-Glimt" darvozaboniga qiziqmoqda

Alisher
5 noya 2021
Norvegiyaning "Bude-Glimt" klubi darvozaboni Nikita Xaykinga ikki APL klubi qiziqmoqda.

"Uotford" va "Norvich" skautlari 26 yoshli darvozabonning o'yinini kuzatish uchun "Bude-Glimt" va "Roma" (2:2) o'rtasidagi Konferenciyalar Ligasi o'yininga tashrif buyurishdi.

Rossiyalik darvozabonga Chempionship klublaridan ham qiziqish mavjud.

Eslatib o'tamiz, Xaykin yaqinda Karpin tomonidan Rossiya terma jamoasiga chaqirildi.


AlisherMuallif
Manba: Football Insider