APLda VAR qoladi. Buni yoqlab 20 ta klubdan 19 tasi ovoz berdi

Оқил Абдубарноев
6 iyun 2024
Faqat “Vulverxempton” bunga qarshi chiqdi.

Angliya Premer-ligasida VAR bekor qilinmaydi.

Avvalroq “Vulverxempton” liga rahbariyatiga videotakrorlarni bekor qilishga chaqiruvchi so'rov yuborgani ma'lum bo'lgan edi.

Bugun liganing umumiy yig'ilishida shu masala bo'yicha ovoz berish bo'lib o'tdi. 20 ta klubdan 19 tasi videotakrorlar tizimini saqlab qolishni yoqlab ovoz berdi – faqat “Vulverxempton”ning o'zi qarshilik bildirdi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: x.com/JacobsBen