APLda transfer oynasi avvalgidek bo'lishi mumkin

Aslanov Jasurbek
15 avg 2018, 13:25
Angliya Premer-ligasida transfer oynasi avvalgidek o'tkazilishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, chempionatning ikki klubi yangi formatdagi transfer oynasidan norozi. Ushbu mavzu kelasi oyda Premer-liga rahbarlari yig'ilishida muhokama qilinadi. Eski tizimga qaytish uchun liganing 20ta klubidan 14tasi ijobiy ovoz berishi kerak.

Eslatib o'tamiz, bu yil Premer-liga birinchi marta yozgi transfer oynasi muddatini o'zgartirdi. Transfer oynasi mavsum boshlanishidan bir kun avval yopildi. Avval esa 31 avgustgacha futbolchi xarid qilish mumkin edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mirror