APLda mart oyining eng yaxshi murabbiyi ma'lum bo'ldi. Bu Gvardiola yoki Mourinyo emas

Narzulla Saydullayev
13 apr 2018, 15:07
Angliya Premer-ligasining rasmiy sayti chempionatning mart oyidagi eng yaxshi murabbiyini e'lon qildi.

Nomzodlar orasida quyidagi mutaxassislar bor edi:

Shon Daych ("Byornli") - 3ta o'yin, 3ta g'alaba
Mag'lub etilgan jamoalar: "Everton", "Vest Xem", "Vest Bromvich".

Xosep Gvardiola ("Manchester Siti") - 4ta o'yin, 4ta g'alaba
Mag'lub etilgan jamoalar: "Arsenal", "Chelsi", "Stok Siti", "Everton".

Joze Mourinyo ("Manchester Yunayted") - 3ta o'yin, 3ta g'alaba
Mag'lub etilgan jamoalar: "Kristal Pelas", "Liverpul", "Suonsi Siti".

Klod Pyuel ("Lester Siti") - 3ta o'yin, 2ta g'alaba, 1ta durang
Mag'lub etilgan jamoalar: "Vest Bromvich", "Brayton".


"Bernli" ustozi Shon Daych mart oyida APLning eng yaxshi murabbiyi deb tan olindi. 

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: premierleague.com