APLda mart oyining eng yaxshi murabbiyi bo'lish uchun nomzodlar ma'lum qilindi

Mirjalol Normatov
26 mar 2021, 22:13
APL rasmiy sayti mart oyining eng yaxshi murabbiyi bo'lish uchun nomzodlarni ma'lum qildi.

Mart oyida eng yaxshi murabbiy bo'lish uchun Grem Potter ("Brayton", 2 g'alaba va 1 mag'lubiyat), Brendan Rojers ("Lester", 2 g'alaba va durang), Ole-Gunnar Sulsher ("Manchester Yunayted", 2 g'alaba va durang) va Tomas Tuxel ("Chelsi", 2 g'alaba va durang) kabi mutaxassislar kurash olib boradi.

Yanvar va fevral oylarida "Manchester Siti" ustozi Pep Gvardiola eng yaxshi murabbiy bo'lgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/premierleague