APLda yilning dastlabki o'yini yakunlandi: "Suonsi" - "Manchester Siti" 2:3

Narzulla Saydullayev
1 yanv 2014, 19:38
APL 20-turini ochib beruvchi "Suonsi" - "Manchester Siti" uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Uchrashuvning 14-daqiqasida mehmonlarning yangi yarim himoyachisi Fernandino hisobni ochdi - 0:1. Ushbu gol Angliya premer ligasida 2014 yilda urilgan birinchi gol bo'lib tarixda qoldi. Birinchi bo'limga qo'shib berilgan daqiqalarda maydon egalarining hujumchisi Vilfrid Boni boshi bilan Xart darvozasini ishg'ol qildi - 1:1.Bu vaziyatda hujumchi o'yindan tashqari holatda turgani ma'lum bo'ldi. Lekin hakamlar buni ko'rmay qolishdi. Dastlabki bo'lim mana shu hisob bilan yakunlandi.

57-daqiqada Afrikaning 2013 yildagi eng yaxshi futbolchisi nomiga da'vogarlik qilayotgan Yaya Ture gol urdi - 1:2.66-daqiqada Aleksandr Kolarov mehmonlarning ustunligini yanada mustahkamladi - 1:3.

Ikkinchi bo'limga hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda Boni dublga erishdi - 2:3.Bahs mana shu hisobda "Siti"ning g'alabasi bilan tugadi.

Angliya chempionati

Suonsi – Manchester Siti 2:3
1 yanvar, 17.45, Liberti Stedium
Gollar:
0:1 – 14 Fernandino,  1:1 – 45 Boni (de Guzman), 1:2 – 57 Yaya Ture, 1:3 – 66 Kolarov, 2:3 – 90+1 Boni.
Suonsi
– Tremmel, Ranxel, Uillyams, Chiko, Devis, Kanyas, Shelvi (Posuelo, 81), P. Ernandes (Lama, 10), de Guzman, Rautledj, Boni.
Manchester Siti – Jo Xart, Sabaleta, Nastasich, Kompani, Kolarov, Yaya Ture, Fernandino, Navas (Roduell, 90), Nasri (Milner, 69), Jeko, Negredo (Xavi Garsiya, 60).
Ogohlantirishlar: Nasri (26), Kanyas (37), Jeko (38), Shelvi (45), Kompani (54), Sabaleta (86), Milner (90).

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia