APLda dekabr oyining eng yaxshi futbolchisi ma'lum

Sherzod Nurmatov
10 yanv 2025, 16:57
"Nyukasl" hujumchisi Aleksander Isak APLda o'tgan oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi, deb xabar berdi liga sayti.

Shvetsiyalik futbolchi dekabrda APLda 6 o'yin o'tkazib, 8 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Shuningdek, mukofotga Trent Aleksander-Arnold ("Liverpul"), Morgan Gibbs-Uayt ("Nottingem Forest"), Din Xeysen ("Bornmut"), Jeykob Merfi ("Nyukasl"), Koul Palmer ("Chelsi"), Entoni Robinson ("Fulxem") va Muhammad Saloh ("Liverpul") da'vogarlik qilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: premierleague.com