APLda debyut qilgan 19 yoshli futbolchi maydonga tushganidan 3 daqiqa o'tgach, hushidan ketdi

Оқил Абдубарноев
18 apr 2024, 23:08
"Vest Xem" yarim himoyachisi Jorj Ertining Angliya Premer-ligasidagi debyuti ko'ngilsiz ruhda o'tdi.

Londonliklar tarbiyalanuvchisi "Fulxem"ga qarshi bellashuvning ikkinchi bo'limida zaxiradan maydonga tushirildi. Ammo oradan uch daqiqa o'tar-o'tmas baxtsiz hodisa yuz berdi. Erti boshidan jiddiy jarohat olib, hushidan ketdi va tibbiy yordam ko'magiga muhtoj bo'ldi.

Keyinchalik u shifoxonaga yotqizildi. Qayd etilishicha, futbolchi jiddiy shikastlanmagan.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: BBC