APL yangi mavsumda foydalaniladigan rasmiy to'pni namoyish qildi

Sherzod Nurmatov
22 iyul 2024, 18:30
Nike tomonidan ishlab chiqarilgan to'p "Flight" deb ataladi.

Angliya Premer-ligasi 2024/25 yilgi mavsum uchun rasmiy to'pni taqdim etdi, deb xabar bermoqda liga matbuot xizmati.



Xabar qilinishicha, APL hamkori Nike kompaniyasining to'pi "Flight" deb nomlanadi. U 16 avgust, juma kuni bo'lib o'tadigan "Manchester Yunayted" va "Fulxem" o'rtasidagi 2024/25 yilgi mavsumning ochilish o'yinida debyut qiladi.

Eslatib o'tamiz, Angliya Premer-ligasi va Nike 25 yildan beri hamkorlik qilib keladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: premierleague.com