

APL 2022-2023 yilgi mavsum o'z yakuniga etdi. Chempionlik "Manchester Siti"ga nasib qilgani ancha oldin ma'lum bo'lib ulgurgandi. Eng yaxshi to'purar sovrini taqdiri ham deyarli hal bo'lgandi, ammo oxirgi tur yakunlangandan so'ng bu rasman aniq bo'ldi. "Man Siti" hujumchisi Erling Xoland 35 ta uchrashuvda maydonga tushib, 36 ta gol kiritdi va APL to'purariga aylandi. Xolanddan keyingi o'rinda "Tottenxem" forvardi Xarri Keyn – 30 ta gol.
"Man Siti"ning boshqa bir a'zosi Kevin De Bryuyne esa chempionatning eng yaxshi assistenti bo'ldi. Kevin 32 uchrashuvda maydonga tushib, 16 ta assist qayd etishni uddaladi.
Avvalroq, "Manchester Yunayted" a'zosi David de Xea "Oltin qo'lqop"ni yutishi aniq bo'lganda. "Qizil iblislar" Kiperi 17 ta uchrashuvda darvozasi daxlsizlagini saqlab qoldi.



